Xoc Dia o‘yin qoidalari

Xoc Dia — likopcha, kosa va to‘rtta jeton yordamida o‘ynaladigan Vyetnam o‘yinidir. Likopcha va kosa birgalikda silkitish qurilmasi vazifasini bajaradi. Har bir jetonning qizil va oq tomoni mavjud. O‘yinning maqsadi — jetonlar silkitish qurilmasi ichida har safar tashlangandan so‘ng tepaga qaragan rangli tomonlar kombinatsiyasini taxmin qilish.

O‘yin jarayoni

To‘rtta jeton likopchaga joylashtiriladi. Tikish davri davomida diler kosani likopcha ustiga qo‘yadi va kosa likopchani mahkam yopib turgan holda silkitadi. Tikish davri tugagach, diler kosani likopchadan ko‘taradi va yakuniy o‘yin natijalarini aniqlash uchun o‘yin natijasi oshkor qilinadi.

Quyidagi holatlar alohida ko‘rib chiqishni talab qiladi:

  • Agar jetonlar bir-birining ustiga chiqib qolsa, diler o‘yin natijasiga ta’sir qilmagan holda, har bir jetonning tepaga qaragan tomoni to‘liq ko‘rinadigan bo‘lishi uchun to‘rtta jetonni tayoqcha yordamida ehtiyotkorlik bilan qayta joylashtiradi.
  • Agar silkitish jarayonida kosa, likopcha va/yoki bir yoki bir nechta jeton tasodifan tushib ketsa, diler dastlabki joylashuvni qayta tiklaydi va jetonlarni qayta silkitadi.
  • Silkitishdan so‘ng kamdan-kam hollarda “tik turgan jeton(lar)” holati yuzaga kelsa, diler jetonlarni qayta silkitadi.
  • Agar diler silkitishni amalga oshirishni unutsa yoki tikish davri tugashidan oldin kosani olib qo‘ysa (ya’ni, o‘yin natijasi oshkor qilinsa), o‘yin raundi bekor qilinadi va barcha tikish summalari qaytariladi.
  • Agar diler kosani ko‘tarayotganda kosa jetonlardan birortasiga tegsa va jetonga tegish uning ag‘darilishiga (qaragan tomonining o‘zgarishiga) hamda o‘yin natijasining o‘zgarishiga olib kelsa, o‘yin raundi bekor qilinadi va barcha tikish summalari qaytariladi. Agar jetonga tegilsa, lekin u ag‘darilmasa yoki o‘yin natijasi o‘zgarmasa, o‘yin raundi o‘z kuchida qoladi va hisob-kitob odatdagi tartibda amalga oshiriladi.

To‘lovlar

O‘yin har bir tashlashdan so‘ng to‘rtta jetonning tepaga qaragan qizil/oq tomonlari soniga asoslangan turli tikish turlarini taqdim etadi:

Tikish turi Tavsif To‘lov

r

r

r

r

O‘yin natijasi to‘rtta qizil tomondan iborat 14:1

w

r

r

r

O‘yin natijasi bitta oq va uchta qizil tomondan iborat 2,8:1

w

w

r

r

O‘yin natijasi ikkita oq va ikkita qizil tomondan iborat 1,5:1

w

w

w

r

O‘yin natijasi uchta oq va bitta qizil tomondan iborat 2,8:1

w

w

w

w

O‘yin natijasi to‘rtta oq tomondan iborat 14:1

w

w

w

w

r

r

r

r

O‘yin natijasi to‘rtta oq tomondan yoki to‘rtta qizil tomondan iborat 6,5:1
Toq O‘yin natijasi toq miqdordagi qizil/oq tomonlardan iborat
(ya’ni

w

r

r

r

yoki

w

w

w

r

)
0,96:1
Juft O‘yin natijasi juft miqdordagi qizil/oq tomonlardan iborat
(ya’ni

r

r

r

r

,

w

w

w

w

yoki

w

w

r

r

)
0,96:1
Katta O‘yin natijasida qizil tomonlar soni oq tomonlar sonidan ko‘p bo‘ladi
(ya’ni,

r

r

r

r

yoki

w

r

r

r

)
O‘yin natijasi quyidagicha bo‘lganda tikishlar qaytariladi:

w

w

r

r

0,96:1
Kichik O‘yin natijasida oq tomonlar soni qizil tomonlar sonidan ko‘p bo‘ladi
(ya’n,

w

w

w

w

yoki

w

w

w

r

)
O‘yin natijasi quyidagicha bo‘lganda tikishlar qaytariladi:

w

w

r

r

0,96:1

Aloqa uzilishi siyosati

Agar o‘yinchining o‘yin raundiga ulanishi uzilsa, raund yakunlanguniga qadar davom etadi. Barcha tasdiqlangan tikishlar kuchda qoladi va raund yakunlangach, ular bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. O‘yinchi tikish tafsilotlarini “Tikishlar tarixi” bo‘limida ko‘rib chiqishi mumkin.

Xatoliklarni bartaraf etish

O‘yin, tizim yoki jarayonda kutilmagan muammo yuz berganda, diler nazoratchini xabardor qilayotgan vaqtda o‘yin raundi vaqtincha to‘xtatiladi. Agar muammoni tezda hal qilish mumkin bo‘lsa, raund qayta davom ettiriladi va odatdagidek davom etadi. Agar muammoni zudlik bilan hal qilishning imkoni bo‘lmasa, raund bekor qilinadi va barcha tikish summalari qaytariladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar

O‘yinning maksimal RTP ko‘rsatkichi 98,75% ni tashkil etadi.

Inglizcha versiya bilan boshqa tillardagi tarjimalar o‘rtasida har qanday nomuvofiqlik yoki ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda, inglizcha versiya ustuvor hisoblanadi.