Ajdarho Yo‘lbars o‘yin qoidalari

Ajdarho Yo‘lbars — bu tez sur’atli karta o‘yini bo‘lib, unda o‘yinchilar Ajdarho yoki Yo‘lbars qo‘lidan qaysi biri yuqoriroq qiymatga ega bo‘lishini taxmin qilib, tikish qo‘yadilar.

O‘yin jarayoni

Kartalar va qiymatlar

  • Ajdarho va Yo‘lbars ikkita o‘rin bo‘lib, ularning har biri bittadan kartani ifodalaydi.
  • O‘yinda karta to‘plamida jokersiz sakkizta standart 52 kartalik karta to‘plamidan foydalaniladi.
  • Kartalar 1 dan 13 gacha bo‘lgan qiymatlarga ega (Tuz = 1, Jek = 11, Dama = 12 va Qirol = 13).

Raund o‘ynash

  1. Har bir raund boshida diler karta to‘plamidan bitta kartani chetga ajratadi.
  2. So‘ngra diler ikkita kartani yuzi pastga qaratilgan holda tarqatadi: birinchisi Ajdarho uchun, ikkinchisi Yo‘lbars uchun.
  3. Tikishlar yakunlangach, diler raund natijasini aniqlash uchun ikkala kartani ham ochib ko‘rsatadi.

Aralashtirish

  • “cut” kartasi tortilganda, bu joriy karta to‘plamining yakuniy raundi ekanini bildiradi.
  • Yakuniy raunddan so‘ng, kartalar aralashtiriladi.
  • O‘yin davom etishidan oldin, diler karta to‘plamidan birinchi kartani tortadi va uni ochib ko‘rsatadi. So‘ngra uning qiymatidan (Tuz = 1, 2 dan 10 gacha = nominal qiymat, Jek/Dama/Qirol = 10) foydalanib, karta to‘plamidan xuddi shu miqdordagi kartani yuzi pastga qaratilgan holda chetga ajratadi.

Qanday yutish mumkin

Tikish turiTavsif
AjdarhoAjdarho Yo‘lbarsga qaraganda yuqoriroq qiymatga ega.
Yo‘lbarsYo‘lbars Ajdarhoga qaraganda yuqoriroq qiymatga ega.
DurangAjdarho va Yo‘lbars bir xil qiymatga ega.
Ajdarho katta / Yo‘lbars kattaBelgilangan karta 8 yoki undan yuqori qiymatga ega.
Ajdarho kichik / Yo‘lbars kichikBelgilangan karta 6 yoki undan past qiymatga ega.
Ajdarho toq / Yo‘lbars toqBelgilangan karta toq qiymatga ega.
Ajdarho juft / Yo‘lbars juftBelgilangan karta juft qiymatga ega.
Ajdarho qizil / Yo‘lbars qizilBelgilangan karta qizil mastga ega (♥ yoki ♦)
Ajdarho qora / Yo‘lbars qoraBelgilangan karta qora mastga ega (♠ yoki ♣)

To‘lovlar

Tikish turiTo‘lov
Ajdarho1:1
Durang: tikishning yarmi qaytariladi
Yo‘lbars1:1
Durang: tikishning yarmi qaytariladi
Durang8:1
Ajdarho katta / Yo‘lbars katta

*Maksimal raundlar soni: 25
1:1
Ajdarho kichik / Yo‘lbars kichik

*Maksimal raundlar soni: 25
1:1
Ajdarho toq / Yo‘lbars toq

*Maksimal raundlar soni: 25
0.75:1
Ajdarho juft / Yo‘lbars juft

*Maksimal raundlar soni:i: 25
1.05:1
Ajdarho qizil / Yo‘lbars qizil

*Maksimal raundlar soni: 25
0.9:1
Ajdarho qora / Yo‘lbars qora

*Maksimal raundlar soni: 25
0.9:1

Aloqa uzilishi siyosati

Agar o‘yinchining o‘yin raundiga ulanishi uzilsa, raund yakunlanguniga qadar davom etadi. Barcha tasdiqlangan tikishlar kuchda qoladi va raund yakunlangach, ular bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. O‘yinchi tikish tafsilotlarini “Tikishlar tarixi” bo‘limida ko‘rib chiqishi mumkin.

Xatoliklarni bartaraf etish

O‘yin, tizim yoki jarayonda kutilmagan muammo yuz berganda, diler nazoratchini xabardor qilayotgan vaqtda o‘yin raundi vaqtincha to‘xtatiladi. Agar muammoni tezda hal qilish mumkin bo‘lsa, raund qayta davom ettiriladi va odatdagidek davom etadi. Agar muammoni zudlik bilan hal qilishning imkoni bo‘lmasa, raund bekor qilinadi va barcha tikish summalari qaytariladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar

O‘yinning maksimal RTP ko‘rsatkichi 96.27% ni tashkil etadi.

Inglizcha versiya bilan boshqa tillardagi tarjimalar o‘rtasida har qanday nomuvofiqlik yoki ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda, inglizcha versiya ustuvor hisoblanadi.