Thai HiLo o‘yin qoidalari
Thai HiLo — Tailand uslubidagi mashhur zar o‘yini bo‘lib, o‘yinchilarga uchta zar natijasini bashorat qilish imkonini beradi. Yuqori, past yoki muayyan kombinatsiyalarga tikish qo‘ying va ushbu an’anaviy o‘yinning hayajonini his qiling.
O‘yin jarayoni
Yangi o‘yin raundi boshida tikish qo‘yish uchun ortga hisoblash boshlanadi. O‘yinchi turli zar kombinatsiyalari va/yoki zarlar yig‘indisi bilan bog‘liq bir nechta tikish turiga tikishi mumkin.
Tikish davri tugagach, diler mexanik zar silkitgichi ichidagi zarlarni silkitishni boshlaydi.
Barcha zarlar silkitgich ichida to‘xtagach, diler har bir zarning ochkosini (1–6) tizimga kiritadi. Umumiy ochko 3 ta zarning alohida ochkolari yig‘indisiga teng. Shundan so‘ng yakuniy o‘yin natijalari aniqlanadi va mavjud bo‘lsa, yutuqlar o‘yinchilarga to‘lanadi.
Quyidagi hollarda qo‘yilgan hech qanday tikishni qaytarib olish yoki bekor qilish mumkin emas:
- Agar silkitgandan so‘ng zarlar bir-birining ustiga chiqib qolsa yoki ayrim zarlar tekis yotmasa, diler zarlarni qayta silkitadi.
- Agar zarlar 3 martadan kam dumalasa, diler zarlarni qayta silkitadi.
To‘lovlar
Ushbu o‘yin quyidagi tikish turlari va to‘lovlarni taqdim etadi:
| Tikish turi | Tavsif | To‘lov |
|---|---|---|
| Hi | Umumiy ochko 12 dan 18 gacha (shu jumladan) | 1.1:1 |
| Lo | Umumiy ochko 3 dan 10 gacha (shu jumladan) | 0,95:1 |
| 11 HiLo | Umumiy ochko 11 ga teng | 6:1 |
Aniq raqam | Zarlar natijasida tikish turida ko‘rsatilgan raqamning tushishi: a) 1 marta (3 ta zarning 1 tasida) b) 2 marta (3 ta zarning 2 tasida) c) 3 marta (3 ta zarning 3 tasida) 6 xil Aniq raqam tikish turi mavjud: 1, 2, 3, 4, 5 va 6 | a) 1:1 b) 2:1 c) 5:1 |
Aniq juftlik | Zarlar natijasining tikish turida ko‘rsatilgan 2 ta zarni o‘z ichiga olishi 15 xil Aniq juftlik tikish turi mavjud: 1⋅2, 1⋅3, 2⋅3, 3⋅4, 4⋅1, 4⋅2, 4⋅5, 4⋅6, 5⋅1, 5⋅2, 5⋅3, 5⋅6, 6⋅1, 6⋅2, 6⋅3 | 5:1 |
| 1⋅2⋅3 | Zarlar natijasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi: a) 3 ta zardan istalgan 2 tasi (masalan, 1⋅2, 1⋅3, 2⋅3) b) Barcha 3 ta zar (1⋅2⋅3 bilan aynan mos kelishi) | a) 1:1 b) 5:1 |
| 4⋅5⋅6 | Zarlar natijasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi: a) 3 ta zardan istalgan 2 tasi (masalan, 4⋅5, 4⋅6, 5⋅6) b) Barcha 3 ta zar (4⋅5⋅6 bilan aynan mos kelishi) | a) 1:1 b) 5:1 |
| 1 Lo | Umumiy ochko 3 dan 10 gacha (shu jumladan) bo‘lib, zarlar natijasida “1” raqami kamida bir marta tushishi | 1.8:1 |
| 2 Lo | Umumiy ochko 3 dan 10 gacha (shu jumladan) bo‘lib, zarlar natijasida “2” raqami kamida bir marta tushishi | 2:1 |
| 3 Lo | Umumiy ochko 3 dan 10 gacha (shu jumladan) bo‘lib, zarlar natijasida “3” raqami kamida bir marta tushishi | 3:1 |
| 4 Lo | Umumiy ochko 3 dan 10 gacha (shu jumladan) bo‘lib, zarlar natijasida “4” raqami kamida bir marta tushishi | 4:1 |
| 5 Lo | Umumiy ochko 3 dan 10 gacha (shu jumladan) bo‘lib, zarlar natijasida “5” raqami kamida bir marta tushishi | 6:1 |
| 6 Lo | Umumiy ochko 3 dan 10 gacha (shu jumladan) bo‘lib, zarlar natijasida “6” raqami kamida bir marta tushishi | 10:1 |
| 3 Hi | Umumiy ochko 12 dan 18 gacha (shu jumladan) bo‘lib, zarlar natijasida “3” raqami kamida bir marta tushishi | 6:1 |
| 4 Hi | Umumiy ochko 12 dan 18 gacha (shu jumladan) bo‘lib, zarlar natijasida “4” raqami kamida bir marta tushishi | 4:1 |
| 5 Hi | Umumiy ochko 12 dan 18 gacha (shu jumladan) bo‘lib, zarlar natijasida “5” raqami kamida bir marta tushishi | 3:1 |
| 6 Hi | Umumiy ochko 12 dan 18 gacha (shu jumladan) bo‘lib, zarlar natijasida “6” raqami kamida bir marta tushishi | 2:1 |
Aloqa uzilishi siyosati
Agar o‘yinchining o‘yin raundiga ulanishi uzilsa, raund yakunlanguniga qadar davom etadi. Barcha tasdiqlangan tikishlar kuchda qoladi va raund yakunlangach, ular bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. O‘yinchi tikish tafsilotlarini “Tikishlar tarixi” bo‘limida ko‘rib chiqishi mumkin.
Xatoliklarni bartaraf etish
O‘yin, tizim yoki jarayonda kutilmagan muammo yuz berganda, diler nazoratchini xabardor qilayotgan vaqtda o‘yin raundi vaqtincha to‘xtatiladi. Agar muammoni tezda hal qilish mumkin bo‘lsa, raund qayta davom ettiriladi va odatdagidek davom etadi. Agar muammoni zudlik bilan hal qilishning imkoni bo‘lmasa, raund bekor qilinadi va barcha tikish summalari qaytariladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
O‘yinning maksimal RTP ko‘rsatkichi 97.50% ni tashkil etadi.
Inglizcha versiya bilan boshqa tillardagi tarjimalar o‘rtasida har qanday nomuvofiqlik yoki ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda, inglizcha versiya ustuvor hisoblanadi.